Isroil koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini e'lon qildi
Isroil koronavirusga qarshi tezkor va samarali emlash kampaniyasini o‘tkazgani evaziga dunyoda koronavirus ustidan g‘alaba qozongan birinchi davlatga aylandi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu aytib o‘tdi.
The Times Of Israel nashrining xabar berishicha, Netanyaxu AQSh telekanaliga koronavirusga qarshi emlanganlarga beriluvchi “yashil COVID-pasportlar” haqida intervyu bergan.
“Isroil “korona”dan chiqqan birinchi davlatga aylandi. Ushbu “yashil pasport” bilan restoran, teatr, sport tadbirlariga bora olasiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Isroil yetakchisi.
Uning aytishicha, Isroil mart oxirigacha mamlakatning barcha katta yoshli aholisini koronavirusga qarshi emlashni va aprelga kelib chegaralarni to‘liq ochishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
11:30
BMT Isroilning Rafiq Haririy kasalxonasi yaqinidagi hujumini «dahshatli» deb atadi
19:26 / 24.10.2024
The Times: Isroil AQShda maxfiy hujjatlar tarqalib ketgani tufayli Eronga hujumini kechiktirdi
12:40 / 24.10.2024
Isroil armiyasi Bayrut janubiga besh marta havo hujumi uyushtirdi
12:20 / 24.10.2024