O‘zbekiston | 13:34 / 05.03.2021
7261
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

Foto: Energetika vazirligi

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida 40 kVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda. 

Koreya Respublikasi Energetika agentligining beg‘araz mablag‘lari hisobiga Yuqori Chirchiq tumanidagi “Nuri zamin” MFY hududida kichik quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlangan edi.

Bugun, 5 mart kuni O‘zbekiston va Koreya Respublikasi hamkorligi doirasida barpo etilgan 40 kVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

Foto: Energetika vazirligi
Foto: Energetika vazirligi

Qayd etilishicha, ushbu stansiya bir yil davomida taxminan 100 ming kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Ma'lumot uchun, joriy yil oxiriga qadar 2ta 100 mVt quvvatli yirik quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi.

Mavzuga oid