Toşkent viloyati Yuqori Çirçiq tumanida yuk avtomobilida yonğin kelib çiqdi.

Viloyat YHXB xabariga köra, hodisa 12 may kuni soat taxminan 09:30 larda tuman hududidan ötgan D-014 «Ğazalkent şahri — Çirçiq şahri — Yangibozor qişloği — Jumabozor qişloği — Örtasaroy qişloği — Nurafşon şahri» avtomobil yölining 46-kilometrida sodir bölgan.

Unda haydovçi, 1973 yilda tuğilgan K.Ş boşqaruvidagi «Toza hudud DUK»ga qaraşli Isuzu maxsus yuk avtomobilining dvigatel qismida qisqa tutaşuv tufayli yonğin kelib çiqqan.

Öt öçiruvçilar tomonidan yonğin töliq öçirilgan. Yonğin oqibatida harakat iştirokçilari soğliğiga ziyon yetmagan.

Hozirda xolat yuzasidan Yuqori Çirçiq tumani FVB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.