Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Saakashvilini o‘z lavozimidan bo‘shatdi
Vladimir Zelenskiy va Mixail Saakashvili
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Mixail Saakashvilini shaharsozlik sohasidagi muammolarni hal qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashdagi lavozimidan bo‘shatdi. Tegishli farmon Zelenskiyning rasmiy saytida e'lon qilingan.
Kengashda Saakashvili o‘rnini Georgiy Tsxakay egallagan.
Gruziyaning uchinchi prezidenti bo‘lgan Saakashvili 2013 yilda o‘z vakolatlari tugagandan keyin Gruziyani tark etgan. 2015 yilda Ukrainaning o‘shandagi prezidenti Pyotr Poroshenko Saakashviliga fuqarolik bergan va uni Odessa oblasti gubernatori etib tayinlagan. Biroq Gruziyaning sobiq prezidenti oblastning iqtisodiy ko‘rsatkichlari yomonlashgani sababli lavozimidan bo‘shatilgan va Ukraina fuqaroligidan mahrum etilgan.
Zelenskiy esa 2019 yilda gruziyalik siyosatchiga Ukraina fuqaroligini qaytarishga qaror qilgan va 2020 yil aprelda unga bosh vazir o‘rinbosari lavozimini egallashni taklif qilgan. Biroq Saakashvili natijada Ukrainaning islohotlar milliy kengashi ijroiya qo‘mitasi rahbari lavozimini egallagan.
Mavzuga oid
23:19 / 13.11.2025
Saakashvili 2022 yildan beri yashagan klinikadan qamoqqa qaytarildi
08:52 / 13.11.2025
Mixail Saakashvili kasalxonadan yana qamoqqa qaytarildi
11:00 / 03.11.2025
Zelenskiy Germaniyaga Patriot majmualari uchun minnatdorlik bildirdi
10:49 / 25.10.2025