Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko “shaxsiy saroyi” to‘g‘risidagi savolga javob berdi
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, bu mavzu "Putinning saroyi"ga o‘xshash tarzda tanlangan. U agarda kimdir saroyni topadigan bo‘lsa, ommaviy axborot vositalari xodimlarini shaxsan o‘sha yerga taklif qilish va ommaga ko‘rsatishga va'da berdi.
Foto: president.gov.by
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko OAVda uning shaxsiy saroyi borligi to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga izoh berdi.
Minskdagi “Motovelo” zavodiga tashrifi chog‘ida jurnalistlardan biri unga muxolifat vakillari Lukashenkoning saroyi haqida “feyk film” suratga olishayotgani to‘g‘risida aytdi.
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, bu mavzu "Putinning saroyi"ga o‘xshash tarzda tanlangan. U agarda kimdir saroyni topadigan bo‘lsa, ommaviy axborot vositalari xodimlarini shaxsan o‘sha yerga taklif qilish va ommaga ko‘rsatishga va'da berdi.
"Bir narsani tushunishingizni istardim: chorak asrdan beri prezident bo‘lib ishlayapman va agarda qayerdadir qandaydir milliardlar yoki ular aytgandek saroylar bo‘lganida meni allaqachon chapga-o‘ngga sochib tashlashardi. Shuning uchun kimdir Lukashenkoning saroyini topsa, darhol o‘sha yerga boringlar", - dedi u.
Belarus prezidenti "davlatdan hech narsa o‘g‘irlamagani, hech narsa olmaganini aytdi".
"Shu bois sizlarga "saroyim" borligini aytmoqchiman. Menimcha, onam bilan voyaga yetganim 7x8 metrli uy. Ana shu mening saroyim. Qolgan hamma narsa davlatga tegishli", - dedi Lukashenko.
U hukumat muxoliflari mamlakatni sindirish uchun barcha narsaga qo‘l urayotganini ta'kidladi.
"Hammasi mamlakatni sindirish uchun qilinyapti. Ukraina quladi. Barcha possovet mamlakatlari perimetr bo‘yicha parchalandi, Belarus esa turibdi. Nokamtarligim uchun kechiring, Lukashenko xalaqit berayotgani uchun turibdi", - dedi Belarus prezidenti.
Mavzuga oid
10:30 / 21.01.2026
Lukashenko Trampning “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilishga rozi bo‘ldi
15:24 / 31.12.2025
Lukashenko 20 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
17:30 / 25.12.2025
Amerikaliklar Lukashenkoning samolyotini tuzatib berishgan va ozish uchun dori tavsiya qilishgan
23:50 / 17.12.2025