Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda 5 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
To‘rtko‘l tumanida yashagan ota va uning uch farzandi, shuningdek ularning uyiga mehmonga kelgan bir fuqaro xonadondagi isitish pechidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etdi.
To‘rtko‘l tumani “Yangiobod” MFYda yashovchi fuqaro I.U. (erkak) va uning qizlari R.S. (2003 y.t.), R.A. (2010 y.t.) va o‘g‘li R.M. (2005 y.t.) hamda ushbu xonadonga mehmonga kelgan A.Sh. xonadonda o‘rnatilgan isitish pechidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasidan ma'lum qilishlaricha, fojia haqida To‘rtko‘l tumani IIBga 6 mart kuni soat 11:30larda xabar kelib tushgan.
To‘rtko‘l tuman prokuraturasi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Dastlabki tergovni tuman IIB o‘tkazmoqda. Tergovni Qoraqalpog‘iston prokuraturasi nazoratga olgan.
Fevral oyi oxirida Xorazmda bir oila is gazidan zaharlanib, uch kishi vafot etgandi.
Mavzuga oid
13:08 / 16.03.2026
Qoraqalpog‘istonda yo‘l qurish loyihasi bo‘yicha 10 ming dollar talab qilgan mansabdor ushlandi
12:21 / 14.03.2026
Mansab vakolatini suiiste’mol qilgan hokimlik xodimlari fosh etildi
11:42 / 04.03.2026
Taxiatosh tumaniga yangi hokim tayinlandi
15:21 / 02.03.2026