Boş prokuratura xabariga köra, natijada K.O., turmuş örtoği I.S., va farzandi X.O., hodisa joyida vafot etgan, ikki nafar farzandi - Z.O., va O.O. kuçli zaharlaniş alomatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilmoqda.
“Alohida qayd etiş kerakki, bu borada befarq bölmaslik, xavfsizlik qoidalariga töliq rioya etişlik haqida köplab tuşuntirişlar, xabarlar va ma'lumotlar tarqatilgan va bu işlar davom ettirilmoqda. Pandemiya şaroitida odamlardan barça holatlarda öz turmuşiga, hayot tarziga e'tiborliroq bölişi, öz xavfsizligi barobarida boşqalarning ham osoyiştaligini öylaş lozimligi köp bora ta'kidlab kelinyapti. Açinarlisi, odamlar öz befarqligi tufayli yaqinlarining qurbon bölişiga sabab bölmoqda”, - deyiladi ma'lumotda.












