OKMK o‘tgan ikki oyda 142,7 mln dollarlik eksportni amalga oshirdi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2021 yilning yanvar-fevral holati bo‘yicha yuqori ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari qayd etilib, ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksporti borasida ham quvonarli natijalarga erishildi.
OKMK Metallurgiya xomashyosi bilan ta'minlash va sotish boshqarmasi taqdim etgan ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tgan ikki oyda 142 mln 761 ming AQSh dollari miqdorida mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan. Rejaviy vazifa esa 153,3 foizga bajarilganini alohida ta'kidlash joiz.
Jumladan, 2021 yil yanvar-fevral holatiga ko‘ra, 12362 tonna mis katodi eksport qilingan holda reja 130,6 foizga uddalangan. Shuningdek, 1622 tonna mis katankasi xorijlik importyorlarga jo‘natilib, reja 649 foizga bajarilgan.
Bundan tashqari, 722 tonna mis quvurlarining eksporti amalga oshirilib, vazifa 205,4 foizga yetkazib bajarilgan.
Yildan yilga dunyo bozorida xaridorgir bo‘lib borayotgan rux eksporti rejasi 112,6foizga bajarilgan holda, importyorlarga 8447 tonna ushbu metall yuborilgan.
Qurilishda eng zarur bo‘lgan sement eksportida 13566 tonnalik natija qayd etilgan.
Kimyo sanoatida muhim ahamiyat kasb etuvchi sulfat kislotasi eksporti rejasining bajarilishi bo‘yicha 795,1foizlik natija qayd etilganini alohida ta'kidlash joiz. Xorijlik xaridorlarga ushbu mahsulotdan 13517tonna yetkazib berilgan. Shuningdek, 4069 tonna qo‘rg‘oshin mahsulotlari eksport qilingan.
Rejaviy vazifani yuqori ko‘rsatkichlarda oshig‘i bilan bajarish holati molibden eksportida ham kuzatilib, 124 tonna ushbu metall xaridorlarga yetkazib berilgan holda, reja 310 foizga uddalangan.
O‘tgan ikki oy davomida 2336 tonna mis kuporosi importyorlarga jo‘natilib, reja 1168,1foizga bajarilgan.
Kombinat tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.
OKMK Axborot xizmati
Mavzuga oid
20:17 / 15.10.2024
Olmaliqda 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi
17:08 / 15.10.2024
Prezident OKMKning muhandislik maktabi va 3-misni boyitish fabrikasini ko‘zdan kechirdi
17:00 / 30.08.2024
OKMKda Istiqlol inshootlari foydalanishga topshirildi
10:00 / 04.07.2024