Jahon | 16:08 / 07.03.2021
7001
1 daqiqa o‘qiladi

Qirolicha Yelizaveta II hukmdorligi davomida ilk bor shaxsiy samolyotsiz qoladi

Kelgusi yili to‘rtta BAE-146 layneri harbiy-havo kuchlari tarkibidan chiqariladi. Ma'lumot berilishicha, Yelizaveta II bosh vazir Boris Jonsonning RAF Voyager samolyotidan foydalanishi mumkin.

Foto: John Stillwell / PA Photos / TASS

Mudofaa xarajatlarini qisqartirish doirasida Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II’ga tegishli samolyotlar sotuvga qo‘yiladi. U va qirollik oilasining boshqa a'zolari shaxsiy samolyotlarsiz qoladi, deb yozadi The Telegraph.

 Kelgusi yili to‘rtta BAE-146 layneri harbiy-havo kuchlari tarkibidan chiqariladi. Qirolicha hukmdorligi davomida ilk marta shaxsiy samolyotsiz qoladi. Yelizaveta II bosh vazir Boris Jonsonning RAF Voyager samolyotidan foydalanishi mumkin, deyiladi nashr xabarida.

 BAE-146 samolyotlari Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlarining 32-eskadrilyasiga qayd qilingan. Aviaparkda shuningdek, AW-109 vertolyoti ham bo‘lib, qirolicha undan foydalanishda davom etadi, deb xabar bermoqda Daily Mail.

 The Telegraph nashrining yozishicha, qirollik oilasi BAE-146 samolyotlaridan 1990-yillar o‘rtalaridan boshlab foydalanib kelgan. Ushbu turdagi samolyotlarni British Aerospace kompaniyasi 2001 yilgacha ishlab chiqargan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid