Jahon | 23:37 / 08.03.2021
3714
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada ilmiy maqsadlarda ko‘ngillilarga koronavirus yuqtirilmoqda

Olimlar inson immun tizimi SARS-CoV-2 virusiga qanday javob qaytarishini va bemor virusni atrofidagilarga qanday yuqtirishini o‘rganishmoqchi.

Foto: AFP/Getty Images

Buyuk Britaniyada tibbiy tadqiqot doirasida ko‘ngillilarga koronavirus yuqtirilmoqda. Virusning inson organizmiga ta'sirini o‘rganish dasturi boshlangani haqida Britaniya sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib DW xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, gap dunyoda ilk bor odamlarga maqsadli ravishda koronavirus yuqtiriladigan tadqiqot to‘g‘risida bormoqda. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining bildirishicha, tadqiqotdan maqsad, koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqilishini yaxshilash va tezlashtirishdir.

 Ko‘ngillilarning birinchi guruhi bilan Londondagi Royal Free Hospital klinikasi mutaxassislari ishlamoqda.

 Olimlar inson immun tizimi SARS-CoV-2 virusiga qanday javob qaytarishini va bemor virusni atrofidagilarga qanday yuqtirishini o‘rganishmoqchi.

Xabarda aytilishicha, tadqiqotda ishtirok etish uchun yosh va sog‘lom insonlar tanlab olingan. Ular organizmiga virusning juda kam dozasi kiritiladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid