Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Choyxonada giyohvand modda sotmoqchi bo‘lgan chet el fuqarolari qo‘lga olindi
2021 yilning 5 mart kuni soat 18:00larda Andijon viloyati IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Tadbir davomida 36 yoshli Elyorbek M. Qirg‘iziston fuqarosi, 48 yoshli Umar R. bilan Asaka tumani “Kujgan” MFY hududida shartli ravishda mijoz sifatida jalb qilingan fuqaroga 18 000 AQSh dollari evaziga 1,8 kilogramm “gashish” giyohvandlik moddasini sotgan vaqtlarida ushlangan.
Qayd etilishicha, ularni Oltinko‘l tumani “Jalabek” MFY hududida joylashgan choyxonada 52 yoshli Hasanboy Ya. Rossiya fuqarosi, 36 yoshli Muhiddin M. kutib o‘tirganliklari aniqlangan va ularning yoni ko‘zdan kechirilganda, jami 0,78 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Umar R., Elyorbek R., Muhiddin M., va Hasanboy Ya.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular protsessual tartibda ushlanganlar.
Hozirda tergov davom etmoqda. Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, bu turdagi jinoyatlar uchun 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Mavzuga oid
17:31 / 12.06.2026
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
20:09 / 11.06.2026
Jinoyat kodeksiga aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar bobi kiritiladi
23:36 / 29.04.2026