Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga subsidiyalar ajratiladi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlari bir qismini qoplash va berilgan subsidiyani qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Norma’ning yozishicha, nizomga muvofiq suv tejaydigan sug‘orish texnologiyasini joriy etish uchun subsidiyalar davlat budjetidan har bir konturga faqat bir marta ajratiladi.
Subsidiyalar:
Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan – paxta xomashyosi yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha xarajatlar bir qismini qoplash uchun;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan – donli ekinlar, sabzavotlar va kartoshka, poliz ekinlari, ozuqabop, moyli va dukkakli ekinlar hamda dorivor o‘simliklar uchun joriy etilgan suv tejaydigan sug‘orish texnologiyalariga, yerlarni lazer uskunali tekislagichlar bilan tekislashga, shuningdek mahalliy ishlab chiqaruvchilardan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlari sotib olish xarajatlari bir qismini qoplash uchun;
Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tomonidan mevali ekinlar va uzum (sanoatbop usulda yetishtiriladigan texnik navli uzum plantatsiyasidan tashqari) yetishtiriladigan hamda sanoatbop usulda yetishtiriladigan texnik navli uzum plantatsiyasi uchun joriy etilgan suv tejaydigan sug‘orish texnologiyalariga sarflangan xarajatlar bir qismini qoplash uchun beriladi.
Suv tejaydigan sug‘orish texnologiyasini joriy qilib subsidiya olgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari ushbu texnologiyadan foydalanilmagan taqdirda, subsidiyalarni quyidagi shartlarda va miqdorda subsidiya bergan vazirlik va idoraga belgilangan tartibda qaytaradi:
- birinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 100 foizi;
- ikkinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 80 foizi;
- uchinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 60 foizi;
- to‘rtinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 40 foizi;
- beshinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 20 foiz qismini.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari ushbu texnologiyadan 5 yil davomida to‘liq foydalansa, unda berilgan subsidiya to‘liq qoldiriladi.
Shuningdek, suv tejaydigan texnologiyalardan o‘rnatilgan tartibda foydalanmaslik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
Rag‘batlantirish talabgorlardan undirilgan subsidiyaning 5 foizi miqdorida bir yilda bir marta amalga oshiriladi. Pul mukofoti ma'lumotni taqdim qilgan shaxsning bank kartasiga o‘tkazib beriladi.
Mavzuga oid
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
16:15 / 22.06.2026
“Quyoshli xonadon” doirasida fuqarolarga pul to‘lanmayapti. Rasmiy idoralar sukutda
13:31 / 13.06.2026
Quyosh panellari egalariga subsidiya to‘lash kechikmoqda
19:19 / 11.06.2026