O‘zbekiston | 08:37 / 11.03.2021
4643
2 daqiqa o‘qiladi
Bo‘stonliqni kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining «2021-2022 yillarda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
- xizmatlar sohasi, xususan, turizm infratuzilmasini rivojlantirish va barcha mavsumda faoliyatini ta'minlash, yangi ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish orqali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish;
- tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholi, xususan, xotin-qizlar, yoshlar va kam ta'minlangan fuqarolar bandligini ta'minlash orqali ularning daromadi va turmush darajasini oshirish;
- aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va boshqalar.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- 2021-2022 yillarda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining moliyalashtirish manbalari;
- Bo‘stonliq tumanida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalari manzilli ro‘yxati;
- yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obektlari, ekologik muhitni yaxshilash, obodonlashtirish, aloqa tarmoqlari qurish, irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxshilash tadbirlari;
- ijtimoiy soha obektlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta'mirlash tadbirlari;
- Bo‘stonliq tumanida turizm axborot markazlari tashkil etish uchun yer maydonlari ro‘yxati;
- ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi.
Mavzuga oid
20:11 / 01.08.2022
Chorvoqdagi “Piramida” oromgohi xususiylashtirildi
19:20 / 27.05.2022
Go‘zallik axlatga botirilganda. Bu – tabiatni sevishmas, “layk” yig‘ish hirsi
16:00 / 08.05.2022
Bo‘stonliqda qariyb 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga tushdi
12:45 / 03.05.2022