Bo‘stonliqda qariyb 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga tushdi
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 2,4 gektar yer maydonini noqonuniy ravishda sotishga uringan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, 2022 yil 6 may kuni O‘zbekiston IIVga E.N. ariza bilan murojaat qilgan. Unda u yer olish maqsadida yurgan vaqtida I. va H. ismli fuqarolar bilan tanishib qolganini, ushbu fuqarolar unga tanishi D. ismli fuqaroning nomida bo‘lgan 2,4 gektar yer maydoni borligini aytib, ushbu yer maydonini 980 000 AQSh dollariga sotishini aytishgani ma’lum qilgan.
E.N. tanishgan shaxslar hokimiyat idoralaridagi tanishlari orqali ushbu yer maydonlariga kottej qurish uchun hujjatlarini rasmiylashtirib berishini, hozirda oldindan bo‘nak sifatida 98 000 AQSh dollarini talab qilgan.
Mazkur arizaga asosan, shu kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Yer resurslari talon-taroj qilinishining oldini olish boshqarmasi, O‘zbekiston IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasining Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, I. va H. Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Dilnur» oshxonasida ariza muallifidan talab qilgan 980 000 AQSh dollaridan bo‘nak sifatida 49 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan, 2022 yil 6 may kuni Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan fuqarolar I. va H. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) hamda 28, 211-moddasi 3-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I. va H. tegishli tartibida ushlandi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:48 / 17.11.2024
Farg‘onada IIB xodimiga 3000 dollar pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi
13:46 / 14.11.2024
Sirdaryoda haydovchidan pora olgan YPX xodimi qamaldi
17:40 / 12.11.2024
Andijonda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va kadrlar bo‘limi boshlig‘i ushlandi
17:35 / 11.11.2024