Jahon | 23:20 / 11.03.2021
6950
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada koronavirusning yana bir yangi turi aniqlandi

Angliyada koronavirusning yana bir yangi turi aniqlandi. Bu haqda jamoat sog‘lig‘ini saqlash boshqarmasi ma'lum qildi. Virusning yangi turi Antiguadan kelganlarda aniqlangan. 

Foto: Reuters

“Yangi tur Angliya janubida Antiguadan kelganlarda u bilan 2ta kasallanish holati qayd qilingandan keyin VUI-202103/01 deb ataldi”, deb ma'lum qilingan xabarda.

“Kasallanganlar kimlar bilan aloqada bo‘lganini aniqlash ishlari yakunlandi. Ayni vaqtda bu tur bilan kasallanish bo‘yicha boshqa holatlar qayd qilinmagan”, deb qo‘shimcha qilingan boshqarmada.

Hozircha ushbu turning qanchalik yuqumli va xavfliligi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.

2020 yil oxirida Britaniyada koronavirusning hozirda dunyo bo‘ylab keng tarqalayotgan o‘ta yuqumli shtammi aniqlangandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid