Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huawei 5G-smartfonlar bozorida yetakchilikni egalladi
5G bozorida Huawei ulushi 26,9 foizni tashkil etgan. Ikkinchi o‘rinni 25,1 foiz ulush bilan Samsung egalladi.
Huawei kompaniyasi faol 5G qurilmalar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Finbold agentligi tadqiqotida aytilmoqda.
Ma'lumot berilishicha, 5G bozorida Huawei ulushi 26,9 foizni tashkil etgan. Ikkinchi o‘rinni 25,1 foiz ulush bilan Samsung egalladi. Yuqori uchlikni 19,5 foiz ulush bilan Apple yakunlagan. Keyingi o‘rinlarda Xitoyning Vivo va Honor kompaniyalari egalladi. Ularning bozordagi ulushi mos ravishda 11,8 va 6,9 foizni tashkil etgan.
Shuningdek, mutaxassislar Huawei va Samsung kompaniyalarini taqqoslashdi. Oxirgi chorak natijalariga ko‘ra, Koreya kompaniyasi raqobatchisini ortda qoldirgan – masalan, noyabrda beshinchi avlod tarmoqlarida koreyslarning 44,9 va xitoylarning 8,6 foiz qurilmasi ro‘yxatga olingan.
Qayd etilishicha, AQSh sanksiyalariga qaramasdan, Huawei ko‘plab buyurtmalarga ega va 5G infratuzilmasini faol rivojlantirmoqda.
Mavzuga oid
13:00 / 14.05.2026
Huawei Digital Power “O‘zbekiston Energetika haftaligi – 2026 (UEW)”da yashil innovatsiyalarni ilgari surmoqda
15:00 / 13.03.2026
“Huawei MWC Barcelona 2026”da sakkizta GLOMO mukofotini qo‘lga kiritdi
21:30 / 22.02.2026
Huawei fevral oxirida global taqdimot o‘tkazadi
09:28 / 11.12.2025