Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergeli va Olmazor tumanlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Joriy yilning 15 mart kuni Sergeli va Olmazor tumanlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmatiga ko‘ra, Sergeli va Olmazor tumanlarining gaz tarmoqlarida ta'mirlash ishlari olib borilayotgani sababli ayrim manzilgohlarda gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Sergeli tumanida soat 10:00dan 16:00gacha:
- "Daryo bo‘yi" MFYda;
Olmazor tumanida soat 11:00dan 16:00gacha:
- “Chimboy” MFYda;
- “Ziyo” MFYda.
Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali ta'mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
09:45 / 10.06.2026
Sergelida kanalda oqib ketayotgan ikki qizaloq qutqarib qolindi
20:47 / 01.06.2026
Toshkentda transformator yonib ketdi
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026