Bugundan O‘zbekistonda havo asta-sekin isiydi
Bugun kunduz kuni antitsiklon periferiyasi O‘zbekiston hududidan sekin ortga chekinadi, kunduz kuni havo asta-sekin isiydi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, hududlarning ko‘p qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ba'zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 9-14 daraja iliqni tashkil etadi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Kunning o‘rtasiga kelib, havo harorati 9-11 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba'zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
13:20 / 24.10.2024
25 oktyabr kuni harorat 23 darajagacha ko‘tariladi
13:00 / 23.10.2024
24 oktyabrda kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin
11:00 / 22.10.2024
23 oktyabrda kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:00 / 21.10.2024