Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda go‘zallik salonlaridagi noqonuniy ishlarga chek qo‘yiladi
Joriy yilning 16 mart kuni Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Namangan shahrida faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida sohadagi bir nechta kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, viloyat hokimi Davlatobod tumanida faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlariga tumandagi ayollar go‘zallik salonlarini qayta inventarizatsiyadan o‘tkazish vazifasini yukladi.
"Menda yetarlicha ma'lumotlar bor, go‘zallik salonlarida noqonuniy ishlar judayam ko‘payib ketgan, bu yerda aytib ham bo‘lmaydi. Mayli, u tadbirkor, ishlasin, lekin kechasi ishlab nima qiladi? Belgilangan vaqti, tartib-qoidasi bor", – dedi hokim.
Muloqot davomida viloyat IIB boshlig‘i Odil Otaxo‘jayev tizimdagi xodimlarning uquvsizligini tanqid ostiga oldi.
"Tizimda ishlayotganlarning 50 foizga yaqini uquvsiz, ishga noloyiq. Asosiy qismini oliy ma'lumotli o‘qituvchilar tashkil qiladi, 30 nafar odamga dars o‘ta olgan, bitta mahallaning ishini eplolmaydimi, buning uchun akademiyani tamomlagan bo‘lishi shartmas. Faqat vijdonan ishlash kerak”, – deydi Odil Otaxo‘jayev.
Ushbu uchrashuv davomida Namanganda jinoyatchilikka moyilligi bor yoshlar o‘rtasida tashkil etiladigan mini futbol sovriniga hokim homiylik qilishini ham aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
10:59 / 20.05.2026
Namanganda atrofi ochiq holatda turgan transformator ustiga chiqqan bola tok urib vafot etdi
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
08:52 / 13.05.2026