O‘zbekiston | 15:36 / 17.03.2021
3406
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda ichki yo‘llarni ta'mirlash uchun 300 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi

Joriy yil Namangan viloyatida 1400 kilometr bo‘lgan ichki yo‘llarni ta'mirlash uchun 300 mlrd so‘m mablag‘ ajratish rejalashtirilmoqda.

Foto: Namangan viloyati hokimligi

2021 yil 16 mart kuni Namangan viloyati hokimligida joriy yilda yo‘l-qurilish sohasida amalga oshiriladigan ishlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov, mutasaddilar va yo‘lsoz-quruvchilar ishtirok etishdi.

Joriy yilda 300 mlrd so‘m hisobiga viloyat bo‘yicha umumiy uzunligi 1400 kilometr bo‘lgan ichki yo‘llarni ta'mirlanishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, Namangan shahrining o‘zidagi 127ta 195,8 kilometr ichki yo‘llar asfaltlanishi, tumanlarda 1204,2 km ichki yo‘llarni ta'mirlanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga muvofiq 181,2 mlrd so‘m hisobiga 259,3 km ichki yo‘llar asfaltlanadi va 104,8 mlrd so‘m hisobiga 1 127,3 km ichki yo‘llar shag‘allanadi. 13ta ko‘prik ta'mirlanadi.

Shu bilan birga, taqdimotda investitsiya dasturi asosida 76 mlrd hisobiga yettita umumfoydalanuvdagi avtomobil yullarini qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgani ham ma'lum qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid