Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seulda barcha xorijlik ishchilarga koronavirusga test topshirish talabi qo‘yildi
Mart oxirigacha test topshirmaganlar 1760 dollargacha jarima to‘laydi.
Foto: AFP
Janubiy Koreya poytaxti Seul shahri ma'muriyati barcha xorijlik ishchilar COVID-test topshirishi shartligi to‘g‘risida buyruq chiqardi. Bu haqda Associated Press (AP) agentligi xabar bermoqda.
Ushbu buyruq viza maqomi va ish beruvchidan qat'i nazar, barcha toifadagi xorijlik ishchilarga taalluqli. Mart oxirigacha test topshirmaganlar 1760 dollargacha jarima to‘laydi.
Agentlikning yozishicha, 2020 yil oxirida Seulda 240 mingga yaqin ro‘yxatga olingan xorijlik bo‘lib, ularning qanchasi test topshirishi kerakligi aniq emas.
Avvalroq ana shunday qaror Kyongidoo provinsiyasida qabul qilingan edi. Ushbu provinsiyadagi parrandachilik fabrikalarida ishlaydigan 160 ming xorijlikning 149 nafarida koronavirus aniqlanganidan so‘ng ushbu talab joriy etilgandi.
Ammo tanqidchilar millatiga qarab emas, mehnat sharoitlariga asoslangan holda test topshirish talab qilinishi kerakligini aytmoqda.
Mavzuga oid
10:01 / 30.08.2025
Toshkentdan Seulga uchadigan samolyot uchib ketish aeroportiga qaytarildi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
12:37 / 10.03.2025
O‘zbekiston fuqarosi qariyb 5,1 mln dollarga Seuldan kvartira sotib oldi
17:28 / 27.11.2024