Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Navro‘z munosabati bilan bayram tabrigini e'lon qildi
Jo Bayden bayram tabrigida dunyo koronavirus pandemiyasi fonida qiyin davrni boshidan kechirgani, lekin yaxshi kunlarga yaqin qolganini qayd etgan.
Foto: AP
AQSh prezidenti Jo Bayden Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrigini e'lon qildi.
U bayram tabrigida dunyo koronavirus pandemiyasi fonida qiyin davrni boshidan kechirgani, lekin yaxshi kunlarga yaqin qolganini qayd etgan.
U Navro‘z bayrami Erondan Markaziy Osiyo mamlakatlarigacha, Yaqin sharqdan Yevropagacha dunyoning ko‘plab davlatlarida nishonlanishini e'tirof etgan.
AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi sababli bayramlar ham raqamli shaklda nishonlanmoqda.
«Barcha og‘riqlar va yo‘qotishlardan so‘ng bizni oldinda yaxshi kunlar kutib turganini eslashimiz lozim», - deyiladi Jo Baydenning tabrigida.
Avvalroq Jo Bayden O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bilan tabriklagandi.
«Hurmatli Prezident janoblari! Sizga va O‘zbekiston xalqiga Navro‘z tinch, baxtli va farovon bo‘lishini tilamoqchiman.
Afg‘onistonda urushga chek qo‘yadigan, barqaror va diplomatik yechimni ta'minlaydigan tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash borasidagi birgalikdagi ishlarimizda Navro‘z bayrami tinchlik nihoyatda muhim ne'mat ekanini eslatib turadi.
Joriy yilda O‘zbekiston mustaqilligiga 30 yil to‘ladi. Keyingi yillarda Siz muhim islohotlarni amalga oshirdingiz va mening Administratsiyam bu muvaffaqiyatni davom ettirish uchun mamlakatingiz bilan hamkorlik qilishga tayyor», deyilgan jumladan tabrik maktubida.
Mavzuga oid
18:49 / 05.01.2026
Bayden AQSh sobiq prezidentlari orasida eng yuqori pensiyani olishi aniqlandi
20:18 / 18.12.2025
Oq uyda Obama va Baydenni mazax qiluvchi lavhalar o‘rnatildi
16:40 / 18.12.2025
«Yevropalik cho‘chqachalar qulashimizdan umid qilgan» - Putin Bayden ma’muriyati va yevropaliklarni urushni boshlashda aybladi
21:15 / 11.12.2025