O‘zbekiston | 07:45 / 22.03.2021
3453
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba'zi joylarda momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Havo harorati 15-20 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 17-19 daraja iliqni tashkil etadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid