Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Turkiya Fransiyadagi saylovga aralashishi mumkinligi haqida gapirdi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Turkiya 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga ta'sir ko‘rsatishga urinib ko‘rishini aytdi. «Navbatdagi saylovlarga aralashishga urinish bo‘lishi ravshan. Tahdidlar oshkora, shuning uchun bunga raso aql bilan yondashishimiz kerak», dedi Makron France 5 telekanalining Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an haqidagi hujjatli filmiga bergan intervyusida.
Shu bilan birga, Makron Turkiya bilan muloqotni zarur deb hisoblaydi. «Biz Turkiya Yevropadan yuz o‘girmasligi va ekstremizmga yon bosmaligi hamda negativ geosiyosiy tanlov qilmasligi uchun qo‘limizdan kelganini qilishimiz darkor. Turkiya xavfsizlik va migratsiya masalasi bo‘yicha bizning hamkordir», deya qo‘shimcha qiladi u.
Ikki davlat o‘rtasida munosabatlar o‘tgan yili Payg‘ambar Muhammad (a.s.)ning karikaturasini so‘z erkinligi muhokamasida ko‘rsatgani uchun pichoqlangan tarix o‘qituvchisi Samuel Patining o‘limidan so‘ng keskinlashgan edi.
Makronning Fransiya karikaturalarni nashr qilishdan voz kechmasligi haqidagi bayonotidan keyin Turkiya prezidenti fransiyalik hamkasbi haqida «u ruhan sog‘lommi yo‘qmi, tekshirib ko‘rish kerak», degan edi.
Shundan keyin Fransiyaning Turkiyadagi elchisi Yeliseyda maslahatlashish uchun chaqirib olingan va Yeliseyda Erdo‘g‘anning so‘zlarini «toqat qilib bo‘lmas» gaplar deb aytishgan edi.
Mavzuga oid
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
21:25 / 31.05.2026
Mirziyoyev Turkiyadagi avtobus halokati munosabati bilan Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi
11:16 / 25.05.2026
Talabalar bosimi ortidan Erdo‘g‘an qarorini o‘zgartirdi
18:10 / 15.05.2026