Jahon | 14:20 / 24.03.2021
5914
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa diplomatiyasi rahbari Rossiyani «xavfli qo‘shni» deb atadi 

Jozep Borrel NATO tashqi ishlar vazirlari bilan Moskvaning harakatlariga birgalikda javob qaytarishni muhokama qilmoqchi ekanligini aytdi.

Foto: Flickr

Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Rossiyani «xavfli qo‘shni» deb atadi.

«Biz Rossiya bilan muloqot kanallarini muhokama qilishimiz lozim. Rossiya — qo‘shni, xavfli qo‘shni, ammo Eron bilan yadroviy kelishuv yoki iqlim o‘zgarishi kabi umumiy manfaatlarimiz bo‘lgan ayrim masalalarda kelishishimiz kerak. Shu bilan birga, Rossiyani tutib turishimiz va unga qarshilik qilishimiz darkor», — dedi u.

Borrel, shuningdek, NATO tashqi ishlar vazirlari bilan Moskvaning harakatlariga birgalikda javob qaytarishni muhokama qilmoqchi ekanligini aytdi.

U avvalroq, Rossiyani Bryusselga qarshi yo‘lga kirganlikda ayblagandi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid