O‘zbekiston | 10:46 / 25.03.2021
8321
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun Qirg‘iziston bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

Foto: gov.kg

Bugun, 25 mart kuni Qirg‘iziston bosh vaziri Ulug‘bek Maripov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Toshkentda O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat rahbarlari raisligida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiyaning 9-yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Qirg‘iziston delegatsiya tarkibiga mamlakatning turli vazirlik va idoralarining rahbarlari kiritilgan. Mehmonlar Toshkentdagi qator yuqori texnologik korxonalarda bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni va tayyorlanayotgan mahsulotlar bilan tanishadi.

Avvalroq, O‘zbekiston va Qirg‘iziston «Qambarota GES-1» loyihasini birgalikda amalga oshirishi xabar qilingandi. 

Joriy yilning 11-12 mart kunlari Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan Qirg‘iziston hududida «Qambarota GES-1» investitsiya loyihasini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid