2021 yilning 13 mart kuni Bişkek şahrida Özbekiston energetika vaziri va Qirğiziston energetika va sanoat vaziri boşçiligidagi işçi guruh yiğilişi bölib ötdi.
Özbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, uçraşuv davomida tomonlar “Qambarota GES-1” investitsiya loyihasining amalga oşirilişi hamda “Şimoliy Söx” gazni yer ostida saqlaş inşooti faoliyati doirasidagi hamkorlikni qirğiz tomoni bilan yaqindan örganiş masalalarini muhokama qildi.
Şuningdek, elektr energetikasi, neft-gaz, kömir sanoati, tabiiy gaz yetkazib beriş va “Şimoliy Söx” gazni yer ostida saqlaş inşooti ekspluatatsiyasi böyiça 4ta kiçik qömitadan iborat qöşma muvofiqlaştiruvçi qömita tuzildi.
Qayd etilişiça, har bir kiçik qömita uçun kompleks dasturlar (“Yöl xaritalari”) işlab çiqildi va tasdiqlandi.
Avvalroq, Qirğiziston taşqi işlar vaziri Ruslan Kazakbayev Qirğiziston hududida hamkorlikda gidrotexnik loyihalar qurilişi, jumladan, “Qambarota-1” kaskadi loyihasi böyiça ham muzokaralar ötkazilganini ma'lum qilgandi.
“Ma'lumki, biz Özbekiston elektr energiyasiga ehtiyojimiz bor, öz navbatida, Özbekiston bizdan vegetatsiya davrida suv oladi. Mana şu jarayonlarni muvofiqlaştiriş böyiça ham töxtalib ötildi”, dedi Qirğiziston taşqi işlar vaziri.













