O‘zbekistonga ikki oyda 85ta elektromobil olib kelindi
2021 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga xorijdan 85ta elektromobil import qilindi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 78taga ko‘p.
Qayd etilishicha, 2021 yilning fevral oyida 32ta elektromobil import qilingan.
2021 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillar import qilingani ham ochiqlandi. Bular:
- Xitoy – 55ta;
- Turkiya – 24ta;
- Koreya – 3ta;
- AQSh – 2ta;
- Litva – 1ta.
Shuningdek, so‘nggi yillarda import qilingan elektromobillar soni ham aytildi:
- 2018 yilda – 13ta;
- 2019 yilda – 39ta;
- 2020 yilda – 131ta.
Ma'lumot uchun, 2021 yilning yanvar-fevral oylarida import qilingan elektromobillar uchun 1,5 million AQSh dollari sarflangan.
Avvalroq, elektromobillarga soliq imtiyozlari berilishi mumkinligi xabar qilingandi.
Moliya vazirligi Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Unga ko‘ra, elektromobillar bojxona yig‘imidan ozod etilishi mumkin. Hozirda bu yig‘im miqdori 20 yevroni tashkil etadi.
Mavzuga oid
18:39 / 20.11.2024
2024 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga gaz eksporti 5 barobar oshdi
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024