Jahon | 17:13 / 25.03.2021
4395
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada koronavirusga qarshi uchinchi vaksina ishlab chiqarilishi boshlandi

"KoviVak" - infeksion xususiyatlari yo‘qotilgan, ammo immun javobini chaqirish xususiyatini saqlab qolgan SARS-CoV-2 virusi asosida tayyorlangan vaksina hisoblanadi.

Rossiyada koronavirusga qarshi uchinchi vaksina ishlab chiqarilishi boshlandi. "KoviVak" deb nomlangan bu vaksina Chumakov nomidagi markazda ishlab chiqarilmoqda.

Xabar qilinishicha, vaksina yaqin kunlarda sotuvga chiqadi.

"KoviVak" - infeksion xususiyatlari yo‘qotilgan, ammo immun javobini chaqirish xususiyatini saqlab qolgan SARS-CoV-2 virusi asosida tayyorlangan vaksina hisoblanadi.

Mazkur vaksina fevralda ro‘yxatga olingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid