Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Isroil yuk kemasiga raketa zarbasi bergani ma'lum qilindi
Arabiston dengizida Isroilning XT Management kompaniyasiga tegishli yuk kemasiga Eronning raketasi tegishi oqibatida shikast yetdi. Voqea oqibatida kema ekipajiga jabr yetmagan, deb xabar berdi Isroil televideniyesining 12-kanali.
Foto: REUTERS/WANA/Nazanin Tabatabaee
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, kema Tanzaniyadan Hindistonga yo‘nalayotgan bo‘lgan va hujumdan keyin yo‘lini davom ettira olgan. Kemaga yetkazilgan zarar u belgilangan portga yetib borgach baholanadi. Ta'kidlanishicha, voqea haqida kema egasi va Isroil xavfsizlik kuchlari xabardor qilingan. Ular hozirda vaziyatning jiddiyligi darajasini o‘rganishmoqda.
Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu fevral oxirida Ummon ko‘rfazida Isroilga qarashli Helios Ray kemasiga hujumda ham Eronni ayblagandi. Biroq Eron bu ayblovlarni qat'iyan rad etgan. Kema Saudiya Arabistonidagi Dammam portidan Singapurga yo‘nalayotgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:27 / 10.04.2026
Tramp Eron bilan muzokaralar natijasini 24 soatdan keyin e’lon qiladi
22:21 / 10.04.2026
“AQSh-Isroilga ishonmaymiz, qo‘limiz tepkida” – Eronning O‘zbekistondagi elchisi
16:05 / 10.04.2026
Yaqin Sharqdagi vaziyat: muzokaralar boshlanishi arafasida tomonlar bir-birini ayblamoqda
08:58 / 10.04.2026