Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShdan o‘zib ketishni maqsad qilmaganini bildirdi
Xitoy TIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy va AQSh dunyoning eng yirik ikki iqtisodiyoti hisoblanadi va manfaatlar to‘qnashganida ular o‘rtasida raqobat paydo bo‘lishi ajablanarli holat emas.
Xitoy AQShdan o‘zib ketishni maqsad qilmagan, faqat doimiy ravishda o‘zidan o‘zib ketishga qaror qilgan, dedi Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Xua Chunin.
"Siz Vashington Xitoy AQShdan o‘zib ketishiga yo‘l qo‘ya olmasligini aytdingiz. Xitoyning maqsadi AQShdan o‘zish emas, balki yanada yaxshiroq bo‘lib, o‘zidan o‘zib borishdir", - dedi Xua Chunin.
Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakilining qo‘shimcha qilishicha, Xitoy va AQSh dunyoning eng yirik ikki iqtisodiyoti hisoblanadi va manfaatlar to‘qnashganida ular o‘rtasida raqobat paydo bo‘lishi ajablanarli holat emas.
Asosiysi, bu hayot-mamot jangi emas, sog‘lom raqobat bo‘lishi kerak, dedi Xua Chunin.
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Xitoyning dunyodagi eng qudratli davlatga aylanishiga yo‘l qo‘ymasligini aytgandi.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026