Jahon | 15:00 / 27.03.2021
11264
1 daqiqa o‘qiladi

Misr poytaxtida o‘n qavatli uy qulab tushdi

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, uy qulab tushishiga unga noqonuniy ravishda qo‘shimcha yana ikkita qavat qurilgani sabab bo‘lgan. 

Misr poytaxti Qohirada o‘n qavatli uy qulab tushishi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi va 23 kishi jarohatlandi. Bu haqda Al-Ahram gazetasi xabar bermoqda.

Nashrning ma'lumot berishicha, fojia Hisr-as-Suvaysh rayonida yuz bergan. Hozirda qutqaruvchilar vayronalar orasidan tirik qolganlarni qidirmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, uy qulab tushishiga unga noqonuniy ravishda qo‘shimcha yana ikkita qavat qurilgani sabab bo‘lgan. 

Qohirada 2007 yilda to‘rt qavatli uy qulab tushgandi.

Misr shaharlarida uylar qulab tushishiga ularning qurilishida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmasligi sabab bo‘ladi. Uylarda yashovchilar hokimiyat ruxsatisiz qo‘shimcha qavat qurib olishlari ko‘p uchraydi.

Mavzuga oid