Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viktor Orban Toshkentga keldi
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 29 mart kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
O‘zA xabar berishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon va uning rafiqasini O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng Vengriya delegatsiyasi Toshkentdagi Mustaqillik maydoniga yo‘l oldi.

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban O‘zbekistonga ilk rasmiy tashrifini Mustaqillik maydonidan boshladi.
Oliy martabali mehmon Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Qayd etilishicha, mehmonlarga Mustaqillik maydonining mazmun-mohiyati, bu yerda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘zlab berildi. Viktor Orban bu majmua o‘zbek xalqini istiqlol ruhidan kuch olib, yanada ulkan marralar sari intilishida o‘ziga xos mayoq bo‘lib xizmat qilayotganini ta'kidladi.
Shundan so‘ng Vengriya delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.
Mavzuga oid
22:16 / 07.07.2026
Vengriyaning bosh teleradiokompaniyasi «yillar davomidagi yolg‘onlar» uchun uzr so‘radi
21:27 / 05.07.2026
Vengriya prezidenti bosh vazirning talabi bilan iste’foga chiqmasligini aytdi
09:00 / 16.06.2026
Vengriya parlamenti bosh vazir lavozimida bo‘lish muddatini chekladi
08:58 / 04.06.2026