Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jazoni ijro etish tizimida ishlab chiqarish faoliyati yanada kuchaytiriladi
Prezident “Jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Ichki ishlar organlari tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ga ko‘ra, jazoni ijro etish tizimida ishlab chiqarish faoliyatini yanada kuchaytirish mo‘ljallanmoqda.
Xususan, quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqarishni yanada kuchaytirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar belgilandi:
jazoni ijro etish muassasalariga litsenziya talab etiladigan ayrim faoliyat turlari bilan tegishli litsenziyani olmasdan faoliyatni amalga oshirish huquqini istisno tariqasida berish;
Jazoni ijro etish departamentining Markazlashtirilgan jamg‘armasini qayta tashkil etish va ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning ijro hujjatlari bo‘yicha davlat budjetiga jazoni ijro etish muassasalari tomonidan undirilgan mablag‘larning 50 foizi miqdoridagi ajratmalarni hamda bo‘sh turgan budjetdan tashqari mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlarni jamg‘armaning qo‘shimcha manbalari sifatida belgilash.
Amalga oshirish shakli - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. Ijro muddati - 2021 yil 15 may, mas'ul ijrochilar - IIV (Bobojonov), Moliya vazirligi (Haydarov).
Mavzuga oid
10:21 / 22.01.2025
Ichki ishlar organlarida ma’muriy konvoy guruhlari tashkil qilinadi
16:02 / 22.04.2024
Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi
13:51 / 22.12.2023
IIO navbatchilik qismlarida fuqarolarni alkotester yordamida tekshirish tartibi e’lon qilindi
08:28 / 25.10.2023