Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda dunyodagi eng uzun suvosti avtomobil yo‘li ochiladi
Uzunligi 10,8 kilometr va kengligi 43,6 metr bo‘lgan tonnel Xitoy sharqidagi Tayxu ko‘li ostida qurilmoqda.
Xitoyda 2021 yil oxirida dunyodagi eng uzun suvosti avtomobil tonnelini ochish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Xinhua agentligi.
Uzunligi 10,8 kilometr va kengligi 43,6 metr bo‘lgan tonnel Xitoy sharqidagi Tayxu ko‘li ostida qurilmoqda. U uzunligi qariyb 44 kilometrni tashkil etuvchi Chanchjou – Usi avtomagistralining davomi bo‘ladi.
Loyiha qurilishiga javobgar bo‘lgan Third Harbor Engineering korxonasining ma'lum qilishicha, suvosti tonnelining qurilishi 2018 yil yanvarda boshlangan.
Joriy yilda tonnelda beton quyish jarayoni va infratuzilma obektlari qurilishi kutilmoqda.
Avvalroq Hongkongda qiymati 6 milliard dollarlik suvosti tonneli ochilgandi.