Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda 9 marta o‘g‘irlik qilganlar yana jinoyat ustida qo‘lga olindi
Surxondaryoda to‘qqiz marta o‘g‘irlik qilgan ikki nafar shaxs yana jinoyat sodir etayotganida ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, 2021 yil 2 yanvar kuni Jarqo‘rg‘on tumani G‘ur-g‘ur mahallasida yashovchi fuqaro S.A. IIBga ariza bilan murojaat qilib, molxonasidan 4 bosh qo‘yini noma'lum shaxslar o‘g‘irlab ketganini ma'lum qilgan.
Shundan so‘ng, olib borilgan tergov harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Yu.T. ismli ayol hamda uning sherigi X.A. sodir etganligi aniqlandi. Jinoyatchilar S.A.ga tegishli bo‘lgan 4 bosh qo‘yni Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi X.A.ga sotib yuborgan.
Tergov davomida aniqlanishicha, Yu.T. va X.A. jinoiy til biriktirib 9 ta holatda fuqarolarning 19 bosh qo‘yi va 2 ta suv nasosini o‘g‘irlagan. Ta'kidlanishicha, 9 marotaba o‘g‘irlik qilgan bu ikki shaxs IIB xodimlari tomonidan yana o‘g‘irlikka borgan paytda jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
15:10 / 24.04.2026
Surxondaryoda neft daryo o‘zaniga oqib ketdi
10:15 / 17.04.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg opiy musodara qilindi
21:04 / 09.04.2026