O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni ma'lum qilindi
O‘zbekistonda, 2021 yil 1 fevral holatiga ko‘ra 3 845 462 nafar shaxs pensiya va nafaqa oladi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi O‘zbekistonda 2017-2021 yillarda pensiya va nafaqa oluvchilar soni qanchalik oshib kelayotgani haqidagi ma'lumotlarni e'lon qildi.
Unga ko‘ra, so‘nggi 4 yilda O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni qariyb 20 foizga oshgan. Jumladan, ularning soni:
- 2017 yilda – 3 141 100 nafar;
- 2018 yilda – 3 296 700 nafar;
- 2019 yilda – 3 484 800 nafar;
- 2020 yilda – 3 677 700 nafarni tashkil etgan.
2021 yil 1 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 3 845 462 nafar shaxs pensiya va nafaqa oladi. Ulardan:
- 3 440 699 nafar shaxs pensiya;
- 404 763 nafar shaxs nafaqa oladi.
Pensiya va nafaqa oluvchilarning 43 foizini erkaklar, 57 foizini ayollar tashkil etadi.
Pensiya oladigan shaxslarning:
- 2 861 916 nafari yoshga doir;
- 388 210 nafari nogironlikka doir;
- 190 573 nafari boquvchisini yo‘qotganganlik pensiyasini oladi.
Nafaqa oluvchilarning:
- 43 584 nafari yoshga doir;
- 325 170 nafari nogironlikka doir;
- 36 009 nafari boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini oladi.
Ma'lumot uchun, 2021 yil 1 fevraldan boshlab belgilangan pensiya miqdorlari qo‘yidagicha:
- Pensiya hisoblashning bazaviy miqdori – 262 470 ming so‘m;
- Yoshga doir eng kam pensiyalar – 513 350 so‘m;
- Bolalikdan nogiron shaxslar nafaqasi – 513 350 so‘m;
- Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori – 313 030 so‘m.
Mavzuga oid
07:50 / 28.10.2024
Fuqaroga nafaqa qilib berishni va’da qilgan tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi
20:56 / 20.10.2024
9 oyda ish haqi va nafaqa pullaridan 5,2 mlrd so‘m talon-toroj qilingani ma’lum qilindi
11:10 / 03.10.2024
Germaniyada fuqarolik nafaqalarini olish qoidalari qat’iylashtiriladi
15:15 / 27.09.2024