Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi halok bo‘ldi
Samarqand viloyati Narpay tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki nafar shaxs hodisa joyida halok bo‘lgan. Uch nafar shaxs og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
2021 yil 29 mart kuni tungi soat 1:30 lar atrofida M37 Samarqand-Buxoro-Ashxobod xalqaro avtomobil yo‘lining Narpay tumani «Chorboy» MFY dan o‘tuvchi 96 kilometrida ayanchli yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.

Mazkur yo‘lda Samarqand-Buxoro yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan «Kobalt» avtomashinasi biroz oldinda ketayotgan «Kamaz» yuk mashinasiga borib urilgan. Oqibatda «Kobalt» avtomashinasida bo‘lgan besh nafar yo‘lovchidan ikki nafari, haydovchi va yana bir shaxs hodisa joyida vafot etgan. «Kobalt»ning yana uch nafar yo‘lovchisi jiddiy tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ma'lum qilinishicha, mazkur hodisa yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv olib borilmoqda. Bundan tashqari hodisa ro‘y bergan mahallada viloyat IIB YHXB mas'ullari ishtirokida muhokama o‘tkazilgan va aholiga yo‘l-transport hodisalarining og‘ir oqibatlaridan ogohlantirilgan.
Mavzuga oid
18:31 / 18.05.2026
“Bolamni koptok kabi uchirib yuborgan”: Olmaliqda pikap bir bolani o‘ldirdi, biri komada
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:45 / 14.05.2026
Samarqand 2045 yilgacha ikki baravar kengayadi
19:01 / 10.05.2026