Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaliklarga Moskvada “Sputnik V” bilan emlanish taklif qilinmoqda
Turkiyada Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi “Sputnik V” bilan emlanishni istovchilar uchun Moskvaga sayyohlik turlari sotilmoqda. Ta'kidlanishicha, turning narxi 1099 yevroni tashkil qiladi.
Hurriyet nashri jurnalisti Burak Jo‘shanning ma'lum qilishicha, ko‘plab davlatlarda vaksinaga talab taklifdan ancha oshib ketgan va shu sababli uni olishga katta navbatlar yuzaga kelgan. Biroq Rossiyada bunday holat kuzatilmayapti.
“Vaksina turlari”ni tashkillashtirgan kompaniya vakili mijozlar Moskvadagi shifoxonalardan birida muammosiz emlana olishlarini ma'lum qilgan.
“Moskva bo‘ylab sayohat, yashash, parvoz va emlashni o‘z ichiga oluvchi turimiz narxi 1099 yevroni tashkil qiladi. Emlanganlarga bu haqida guvohnoma beriladi”, deb ma'lum qilingan kompaniyada.
Tur Moskvaga ikki marta safar qilishni o‘z ichiga oladi. Har bir safar 2 kun davom etadi. Mehmonlar Moskvaga kelishlari bilanoq emlanadilar va tunni 4 yulduzli mehmonxonada o‘tkazadilar. Agar ularda emlashdan keyin ikkilamchi ta'sirlar paydo bo‘lsa, tibbiy yordam so‘rab murojaat qila oladilar. Tur narxiga shahar bo‘ylab ekskursiya va yordamchi xizmati ham kiritilgan.
“Kreml, metropoliten, Nozim Hikmat (turk shoiri) qabriga tashrif buyurish ko‘zda tutilgan”, deb ma'lum qilingan turistik kompaniyada.
Ta'kidlanishicha, mijozlar emlanganlik haqida xalqaro guvohnoma olishadi.
Avvalroq emlanish maqsadida Rossiyaga 20 kunlik safarlarni taklif qilayotgan kompaniyalar tashkil etilgani ma'lum qilingandi. Ushbu kompaniyalardan birining egasi aytishicha, bunday safarlarga talab oshmoqda. Uning ta'kidlashicha, bu tishni davolatish uchun Xorvatiyadagi stomatologiya shifoxonalariga yoki Turkiyada soch o‘tkazish uchun borishga o‘xshashdir. Chunki bunday safarlar iste'molchi tomonidan davolanishdek qabul qilinadi.
Mavzuga oid
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
18:24 / 22.05.2026