O‘zbekiston | 10:32 / 03.04.2021
18519
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda bir kunda yana 196 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 83 435 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2 aprel kuni mamlakat 11 hududida jami 196ta kasallanish holati ro‘yxatga olingan.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 2 nafari Andijon viloyatida,
  • 3 nafari Buxoro viloyatida,
  • 2 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Namangan viloyatida,
  • 6 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 1 nafari Xorazm viloyatida,
  • 23 nafari Toshkent viloyatida,
  • 144 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 2 nafar,
  • Toshkent viloyatida 19 nafar,
  • Toshkent shahrida 124 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 81449 (+146) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1356 nafar bemor davolanmoqda, shundan 209 nafari og‘ir, 94 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha 2021 yilgi kunlik antirekord 24 martdan buyon ketma-ket besh kun yangilangan edi. Bu boradagi oxirgi eng yuqori ko‘rsatkich 28 mart kuni qayd etilgan — bir sutkada 196 kishida kasallik aniqlangan.

Mavzuga oid