Jahon | 18:13 / 03.04.2021
5141
1 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyada AstraZeneca vaksinasidan foydalanish to‘xtatildi

Bir kun avval mamlakatda yoshi 60dan yuqori bo‘lganlarni bu vaksina bilan emlash to‘xtatilgandi.

Foto: Zuma/TASS

Niderlandiya hukumati AstraZeneca kompaniyasining vaksinasi bilan butun aholini emlashni to‘xtatdi. Bu haqda NL Times nashri xabar berdi.

Bir kun avval mamlakatda yoshi 60dan yuqori bo‘lganlarni bu vaksina bilan emlash to‘xtatilgandi. Shifokorlar mazkur vaksina bilan emlanganlarda tromblar hosil bo‘lgani to‘g‘risidagi ma'lumotni olganlaridan so‘ng ushbu qarorga kelishdi.

Avvalroq Buyuk Britaniyada AstraZeneca vaksinasi bilan emlangandan so‘ng tromblar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq 30ta holat qayd etilgandi.

18 mart kuni Yevropaning bir qator davlatlari, jumladan, Germaniya, Fransiya va Italiya Yevropa dori vositalari agentligi (YeMA) AstraZeneca vaksinasini xavfsiz deb topgandan keyin u bilan aholini emlashni davom ettirishga qaror qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid