Jahon | 21:52 / 06.04.2021
3358
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada 2016 yildagi terakt uchun to‘rt kishi bir umrga qamaldi

 Ushbu ish bo‘yicha 18 nafar gumondor oqlandi.

Foto: Reuters

Turkiya sudi 2016 yilda sodir etilgan terrorchilik harakatini tashkil etganlikda ayblangan to‘rt nafar shaxsga bir umrga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Bu haqda Hurriyet Daily News xabar bermoqda.

 Xabarda aytilishicha, qaysi davlat fuqarosi ekanligi ma'lum qilinmagan to‘rt kishi bir umrga qamalgan bo‘lsa, 18 nafar gumondor oqlandi.

 Eslatib o‘tamiz, portlash 2016 yil 12 yanvarda Sultonahmad maydonida, Moviy masjid va Ayo Sofiya yaqinida sodir etilgan.

Portlash oqibatida 12 nafar germaniyalik turist halok bo‘lgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid