Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina chegaradosh hududlarda quruqlikdagi qo‘shinlar yig‘inini e'lon qildi
Xususan, hududiy mudofaa bo‘linmalari Qrim chegarasini va sohilning desantlar kirishi mumkin bo‘lgan joylarini himoya qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadi.
Ukraina qurolli kuchlari mamlakatning janubiy chegaradosh hududlarida hududiy mudofaa bo‘linmalari yig‘inlarini e'lon qildi. Bu haqda Ukraina qurolli kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlari matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, yig‘inlardan asosiy maqsad hududiy mudofaa bo‘linmalarining davlat chegarasini himoya qilish uchun tayyorgarlik ko‘rishi, belgilangan obektlarni qo‘riqlash, chegaradosh hududlar va ayrim oblastlardagi qo‘poruvchi guruhlarga qarshi kurashishdir.
Xususan, hududiy mudofaa bo‘linmalari Qrim chegarasini va sohilning desantlar kirishi mumkin bo‘lgan joylarini himoya qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadi.
Mart oyi boshlarida Donbassdagi vaziyat keskinlashgandi. Mart oxirlarida The New York Times gazetasi o‘z manbasiga tayanib, Ukraina bilan chegaraga 4 mingga yaqin Rossiya harbiylari jo‘natilgani to‘g‘risida xabar berdi.
Bunga javoban Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya qo‘shinlarining mamlakat hududi ichida ko‘chirilishi boshqa davlatlarga xavf solmasligini aytdi.
Mavzuga oid
16:47
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026