Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Rossiya qo‘shinlari Ukraina bilan chegaraga keltirilganiga izoh berdi
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘z chegaralari xavfsizligini ta'minlash uchun zarur choralarni ko‘rmoqda.
Foto: RIA Novosti
Rossiya mamlakat hududi ichida qo‘shinlarini ko‘chirishga haqli, bu boshqa mamlakatlarga nisbatan tahdid uyg‘otmaydi, dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
U ukrainalik jurnalistning Rossiya qo‘shinlari Ukraina bilan chegaraga keltirilishi nima bilan bog‘liq ekani to‘g‘risidagi savoliga ana shunday javob qaytardi.
«Rossiya Federatsiyasi qo‘shinlarini o‘z hududi ichida ko‘chiradi, bu hech kimni bezovta qilmasligi kerak, bu hech kimda hech qanday tahdid uyg‘otmaydi», – deb ta'kidladi Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘z chegaralari xavfsizligini ta'minlash uchun zarur choralarni ko‘rmoqda.
«Rossiya chegaralari atrofida NATO, boshqa birlashmalar, ayrim mamlakatlar va boshqalarning qurolli kuchlari faolligi kuzatilayotganini bilasiz. Bularning barchasi hushyor turishni talab qiladi», – dedi u.
Mavzuga oid
09:43
Rossiyada prezidentga xorijda armiya qo‘llash bo‘yicha yangi vakolat beriladi
08:50
Zelenskiy: Erondagi urush sabab AQShning Ukrainaga vaqti yo‘q
22:28 / 14.04.2026
Davlat Dumasi Putinga o‘zi xohlagan mamlakatga hujum qilishga ruxsat berdi
09:48 / 14.04.2026