Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdan Moskvaga muntazam aviareyslar qayta yo‘lga qo‘yiladi
2021 yilning aprel oyidan boshlab, Toshkent - Moskva - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar qayta joriy etiladi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda ma'lum qilinishicha, parvozlar har haftaning shanba kunlari amalga oshiriladi.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha uchishni boshlash uchun Rossiyaga parvozdan avval 3 kalendar kunidan oshmagan manfiy natijali PZR testi ma'lumotnomasi talab etiladi.
Reyslarda O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari va Rossiyaga kirishga cheklov qo‘yilmagan O‘zbekistonda doimiy yashash huquqiga ega chet el fuqarolari uchishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq RF hukumatining 31 mart kuni qabul qilingan farmoyishiga ko‘ra, o‘zbekistonlik talabalarga Rossiyaga kirishga ruxsat berilgan edi.
Mavzuga oid
10:26 / 16.04.2026
Toshkent - Yerevan aviareysi qayta tiklanishi mumkin
19:57 / 18.03.2026
19 martdan Toshkent – Dubay – Toshkent yo‘nalishidagi muntazam reyslar tiklanadi
23:12 / 28.02.2026
“Qaynoq nuqta”ga aylangan Yaqin Sharq: yuzlab reyslar bekor qilindi
13:55 / 28.02.2026