Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi ishlab chiqaradigan elektromobil narxi ma'lum qilindi
Elektromobilning ayrim xususiyatlari va narxi xitoylik xaridorlarning xohish-istaklari hisobga olingan holda ovoz berish yo‘li orqali tanlangan. Uning narxi 100 ming yuandan 300 ming yuangacha (15,2 ming dollardan 45,7 ming dollargacha) bo‘ladi.
Xiaomi elektromobili o‘rta va yuqori toifadagi xaridorlar uchun mo‘ljallanadi. Bu haqda GizmoChina nashri xabar berdi.
6 aprel kuni kompaniya rahbari Ley Tszyun Xiaomi muxlislari bilan onlayn suhbat qildi va bo‘lajak elektromobil to‘g‘risidagi ayrim tafsilotlarni ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, elektromobilning ayrim xususiyatlari va narxi xitoylik xaridorlarning xohish-istaklari hisobga olingan holda ovoz berish yo‘li orqali tanlangan. Tszyun kompaniya elektromobillari o‘rta va yuqori toifaga mo‘ljallanib ishlab chiqarilishini aytdi. Uning narxi 100 ming yuandan 300 ming yuangacha (15,2 ming dollardan 45,7 ming dollargacha) bo‘ladi.
Ma'lumot berilishicha, birinchi navbatda sedan yoki yo‘ltanlamas ishlab chiqariladi – ushbu modellar uchun xaridorlar deyarli bir xilda ovoz bergan. Bundan tashqari, elektromobil Xiaomi brendi ostida ishlab chiqariladi.
Avvalroq Xiaomi kompaniyasi elektromobillar ishlab chiqarishni rejalashtirgani xabar qilingandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, kompaniya buni Xitoyning Great Wall avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodi bilan birga amalga oshirmoqchi. Ilk model 2023 yilda taqdim etilishi mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
11:40 / 12.06.2026
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
15:00 / 04.06.2026
Xiaomi 17T seriyasi taqdim etildi - emotsiyalar, konsertlar va shahar hikoyalarini tasvirga olish uchun smartfonlar
00:56 / 20.04.2026
Xiaomi yangi noutbuklarini sotuvga chiqardi
22:37 / 29.03.2026