Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva kelasi hafta Rossiyaga boradi
Oliy Majlis Senati raisi boshchiligidagi delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi to‘g‘risida ma'lumot berildi.
2021 yil 13-16 aprel kunlari Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiyaning Rossiya Federatsiyasiga (Moskva va Sankt- Peterburg) rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tadi.
Senat axborot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif davomida Moskva shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federal majlisi federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko va Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin bilan uchrashishi kutilmoqda.
Shuningdek, delegatsiya a'zolari O‘zbekiston va Rossiya parlamentlarining yuqori palatalari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha komissiyasi navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
2021 yil 15-16 aprel kunlari delegatsiya a'zolari Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib, MDH Parlamentlararo assambleyasining navbatdagi yig‘ilishida qatnashishi rejalashtirilgan.
Avvalroq, Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaga tashrif buyurishi kutilayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:14 / 08.07.2026
«Bu Putinga aniq ishora» - NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi
21:27 / 08.07.2026
Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisiga bergan zarbalarini qo‘llab-quvvatladi
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
10:10 / 08.07.2026