Yaqin vaqt içida Rossiyaga Özbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boşçiligidagi delegatsiya taşrif buyurişi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi kengaşi raisining örinbosari Nikolay Juravlyov ma'lum qildi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri.

 «Parlamentlarning yuqori palatalari örtasidagi hamkorlik böyiça komissiyaning muvaffaqiyatli iş tajribasini qayd etmoqçiman. Ötgan yil sentyabrda ötkazilgan yiğilişda ikki mamlakat qonunçiliklarini uyğunlaştiriş masalalari ham muhokama qilingandi. Bu boradagi işlarni davom ettiriş uçun yaqin vaqt içida Rossiyaga Özbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boşçiligidagi delegatsiya taşrif buyurişi kutilmoqda», – dedi Juravlyov Toşkentdagi «Innoprom» körgazmasida.

Tanzila Norboyeva 2019 yil oktyabrda Rossiya yuqori palatasi rahbari Valentina Matviyenko bilan uçraşgandi. Federatsiya kengaşi spikeri Özbekistonga taşrifi çoğida Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi hamkasblari va prezident Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşgan hamda Buxoroga borgandi.