Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple yangi iPad Pro ishlab chiqarishda muammoga duch keldi
Butlovchi qismlar yetishmovchiligi bois Tayvandagi Mini-LED displey yetkazib beruvchi kompaniyalardan biri ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatgan.
Apple kompaniyasi ishlab chiqarishdagi jiddiy muammoga duch kelgani sababli yangi iPad Pro modellarini yetkazib berish hajmini qisqartirishi mumkin, deb yozadi Bloomberg agentligi.
Agentlik manbalarining so‘zlariga ko‘ra, bunga yangi Mini-LED displey yetkazib berishdagi uzilishlar sabab bo‘lmoqda.
Tayvandagi Ennostar Inc., General Interface Solution Holding Ltd va Taiwan Surface Mounting Technology Corp kompaniyalari Mini-LED displey yetkazib beruvchi dunyodagi asosiy kompaniyalar hisoblanadi. Agentlik manbasining aytishicha, butlovchi qismlar yetishmovchiligi bois kompaniyalardan biri ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatgan.
Avvalroq Apple aprelda yangi iPad Pro planshetlarini taqdim etishi ma'lum qilingandi. Ular yangilangan protsessor va kameraga ega bo‘ladi, ammo ekran diagonallari o‘zgarishsiz — 11 va 12,9 dyuymligicha qoladi.
Mavzuga oid
18:16 / 19.06.2026
Buklama iPhone Ultra xususiyatlari oshkor qilindi
18:14 / 18.06.2026
Apple smartfonlari qimmatlaydi - Tim Kuk buning sababini tushuntirdi
11:30 / 10.06.2026
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
18:12 / 09.06.2026