Jahon | 17:13 / 13.04.2021
3826
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Germaniyadagi harbiylari sonini oshiradi

Pentagon rahbari Lloyd Ostin Germaniyadagi AQSh kuchlarining kengayishi «NATOning qo‘llab-quvvatlashi belgisi» ekanini aytdi.

Foto: Getty Images/Lennart Preiss

AQSh hukumati Germaniyadagi harbiylarini qisqartirish fikridan qaytdi. Buning o‘rniga, ular soni oshiriladi. Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer ma'lum qildi, deb yozadi Interfaks.

«Bu yaxshi xabar, AQSh Germaniyadan qo‘shinlarini olib chiqish rejasidan qaytdi, aksincha, bu kuchlar yana 500 kishiga ko‘payadi», – dedi Kramp-Karrenbauer.

O‘z navbatida, Pentagon rahbari Lloyd Ostin Germaniyadagi AQSh kuchlarining kengayishi «NATOning qo‘llab-quvvatlashi belgisi» ekanini aytdi.

2020 yil iyunda AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Germaniyadan 9,5 nafar amerikalik harbiyni olib chiqib ketmoqchi ekani ma'lum bo‘lgandi. Bu mamlakatda 25 ming nafar AQSh harbiysi qolishi rejalashtirilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid